MUSTAQIL IZLANUVCHILIK UCHUN KIRISH IMTIHONLARI BOʻLIB OʻTDI

 

Bugun – 03.06.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida Oliy ta’limdan keyingi ta’limning mustaqil izlanuvchilik shakli uchun imtihonlar bo’lib o’tdi.

Imtihonlarni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov ochib berdi va institut ilmiy salohiyati ortishida har bir izlanuvchi hissa qo’shishi lozimligi haqida fikrlar bildirdi.

Shundan so’ng imtihonlarga start berildi. Ushbu imtihonlar quyidagi ixtisosliklarda o’tkaziladi:

PhD uchun:

10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik»;

13.00.02 – «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi».

DSc uchun:

10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik»;

10.00.11 – «Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).

Leave a Reply

Skip to content