
Kuni kecha poytaxtimiz Toshkent shahrida «Technovation Girls» startap loyihalar tanlovining respublika bosqichi bo’lib o’tdi.
Ushbu tanlovda Andijan Clear View jamoasi ham ishtirok etdi. Jamoa safida Andijon davlat chet tillari instituti talaba-yoshlari ham ishtirok etdilar. Bundan tashqari jamoa mentori sifatida institutimiz rektorining Xalqaro loyihalar bilan ishlash va strategik rivojlanish bo’yicha maslahatchisi G.Rahmonova, koordinator sifatida esa institutning Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i D.Ahmadaliyeva faoliyat olib bordi.
Tanlov yakuniga ko’ra Smart City nominatsiyasida Andijan Clear View jamoasi g’olib deb topilib, yarim finalga yo’l oldi. Bundan tashqari mas’ullar tomonidan esdalik sovg’alari va sertifikatlar taqdim etildi.