Andijon davlat chet tillari institutida ko’plab xorijiy tillar qatorida nemis tilidan ham mutaxassislar tayyorlanadi. Ushbu yo’nalish talabalari uchun ko’plab seminar, treninglar tashkil etib kelinmoqda.
Xuddi shunday seminarlardan biri Germaniyaning DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati) vakili Yohanna Mayer xonim ishtirokida o’tkazildi. Germaniyalik mutaxassis professor-o’qituvchilar ishtirokida talabalarga trening mashg’ulotlarini olib bordi. Mashg’ulot yangi interfaol usulda olib borildi.
Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda DAAD tashkiloti ishtirokida shunday treninglar yaqin kelajakda yana o’tkazalishiga kelishib olindi. Shu bilan birga germaniyalik mehmon institutimizda yaratilgan imkoniyatlar va yangi binolar bilan tanishib, oliygohimiz unda katta taasurot qoldirganligini e’tirof etdi.