Bugun – 28.05.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga I.Yakovlev nomidagi Chuvash davlat pedagogika universiteti mas’ullari tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlar institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori E.Kurbanov tomonidan kutib olindi.
So’ng ular institut rektori D.A.Rustamov huzurida bo’lib, o’zaro hamkorlik yuzasidan munozara olib bordilar. Munozara davomida 2024-2025 o’quv yili uchun «Sootechestvenniki» dasturi boʻyicha magistratura yo’nalishining maqsadli budjet va shartnoma asosida o’qish taklif qilindi. Institut tavsiyasi bilan Rus tili yo’nalishi talabalarini Chuvash davlat pedagogika universitetiga oʻqishga yuborish imkoniyati bo’ladi. Bundan tashqari, qo’shma aspirantura va doktorantura, 2+2 qo’shma bakalavr dasturlarini va 1+1 magistratura dasturlarini ochish taklif qilinmoqda.
Kelasi o’quv yili davomida professor-o’qituvchilarning masofaviy ma’ruza o’qishlarini yo’lga qo’yiladi va ularni qisqa muddatlarga jalb etish, birgalikda tadqiqot maqolalarni chop etish jarayoni amalga oshiriladi. Chuvash davlat pedagogika universitetidan talabalarni ham yozgi o‘quv oromgohlariga va talabalar mobilligi dasturi orqali jalb qilishni yo’lga qo‘yilmoqda. Chuvashlik talabalarga Xitoy va boshqa Osiyo tillari bo’yicha ham dasturlar taklif qilinmoqda. Andijonda xorijiy talabalarga bepul turar-joy va Andijon bo‘ylab sayohatlar taklifi ham kiritilib, ularni jalb qilish jarayoni amalga oshiriladi. Institutimiz rossiyalik talabalarga qisqa davr davomida 1 yillik kurslar va 4 yillik bakalavriyat yo’nalishida dasturlarni ham taklif qilmoqda.
Tashrif yakunida esa ikki institut rektorlari hamkorlik bardavom bo’lishini tilan, bir-biriga esdalik sovg’alari ulashdilar.