Kuni kecha Andijon davlat chet tillari institutida «Talaba bilan bir kun» loyihasining navbatdagi soni bo’lib o’tdi.
Loyihaning bu safargi qahramonlari Ishlar boshqarmasi boshlig’i F.Dumayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i O’.Rahmonov, Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedogagik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshlig’i B.Sotvoldiyev, O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i S.Toshtanovlar bo’lib, ular talabalar bilan turli tadbirlar o’tkazdilar. Jumladan,
Fakultetlar o’rtasida sportning volleybol turi bo’yicha bellashuvlar tashkil qilinib, unda talaba-qizlar o’zaro bellashdilar. O’z imkoniyatlarini sinovdan o’tkazdilar.
Talabalar istiqomat qilayotgan xonalarga tashriflar amalga oshirilib, ularning shart-sharoitlari, yashash tarzi o’rganildi, o’zaro suhbatlar davomida kelajak rejalar xususida fikrlar almashildi.
Besh muhim tashabbus yo’nalishlariga moslashtirilgan xonalarga kirilib, u yerdagi talabalarning ijodlari bilan tanishildi, takliflari eshitildi.
Talabalar turar joyidagi kutubxonada kitobxon talaba-yoshlar bilan davra suhbati olib borildi. Kitob o’qishning afzalliklari haqida mushohada qilindi.
Yakuniy tadbirda ushbu kunda o’tkazilgan tadbirlarda faol bo’lgan talaba-yoshlar mas’ullar tomonidan taqdirlandilar.