Text box item sample content
Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Rus tili nazariyasi va tarjimashunoslik kafedrasi tomonidan chet el tadqiqotchilari ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.
«Проблемы и перспективы современной гуманитаристики: филология, методика преподавания, педагогика» mavzusidagi ushbu ilmiy-amaliy anjumanni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov ochib berdi va barchani ushbu tadbirni tashkil qilishdan ko’zlangan maqsadlar bilan tanishtirdi. Tadbir avvalida talabalar badiiy chiqishlar namoyish etdilar.
Shundan so’ng notiqlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirokchilarni tanishtirdilar. Anjumanning yakuniy qismida institut prorektori M.A.Kurbanov so’z olib, ushbu tadbir yangi va ulkan maqsadlar bilan boshlanganini, kelajakda bunday loyihalarni an’anaviy tarzda yanada keng va ommaviy tarzda tashkil qilish istiqbol rejasi tuzilganini ma’lum qilib, barcha qatnashchilarga ishtirok uchun tashakkur izhor qildi. Faol ishtirok etganlar esa maxsus sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.