
Bugun Andijon davlat chet tillari instituti Talabalar turar joyida «Talaba bilan bir kun» loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida sportning volleybol turi bo’yicha fakultetlararo musobaqa tashkil qilindi.
Murosasiz kurashlarga boy tarzda o’tgan bellashuvlar yakuniga ko’ra g’olib hamda sovrindorlar quyidagi ko’rinishni oldi:
1-o’rin: Roman-german va slavyan tillari fakulteti;
2-o’rin: Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti;
3⃣-o’rin: Ingliz tili va adabiyoti fakulteti.