INSTITUT MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT KENGASHINING NAVBATDAGI YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

 

Ma’naviyat tushunchasining mazmuni bugungi kunda faqat “ma’ni”, “ma’no” degan so‘zlar doirasida chegaralanib qolmaydi. Nega deganda, insonni inson qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan darajada alohida ahamiyat kasb etadi. Sobiq ittifoq davrida ma’naviyat masalasi e’tibordan chetda qolgan edi. O‘sha davrda uni yaxlit hodisa sifatida talqin eta olmaslik bu to‘g‘rida umumiy tasavvur hosil qilish imkonini bermas edi. Hozirgi davrda ma’naviyatga e’tibor kuchaydi, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash va asrabavaylash ustuvor vazifaga aylandi.

Bugun – 20.05.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Dastlab kengash raisi, Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov yig’ilishni ochib berib, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.

Shundan so’ng institutda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ularning yutuq va kamchiliklari xususida institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori B.Axmedov nutq so’zladi.

Keyin esa institutda jinoyatchilikni oldini olish bo’yicha olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar tahlili bo’yicha institut profilaktika katta inspektori B.Xodjayev nutq so’zladi.

Yig’ilish yakunida esa Axborot siyosati masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi A.Yunusov talabalar yozgi oromgohini tashkil etish, yozgi ta’tilda talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish bo’yicha fikrlarini bildirib o’tdi.

Leave a Reply

Skip to content