Andijon davlat chet tillari instituti Xalqaro hamkorlik bo’limi tomonidan Amerika Qo’shma Shtatlarining O’zbekistondagi elchixonasi vakillari, Farg’ona va Namangan viloyatlari OTMlarida faoliyat olib borayotgan Ingliz tili fani mutaxassislari ishtirokida amaliy anjuman bo’lib o’tdi.
«Communicative Fluency: Bridging Theory and Practice» mavzusidagi ushbu amaliy anjumanni institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori E.E.Kurbanov ochib berdi va barchaga ushbu tadbirni tashkil qilishdan ko’zlangan maqsadlar bilan tanishtirdi.
Shundan so’ng moderatorlar tomonidan turli mavzularda amaliy mashg’ulotlar olib borildi.
Anjumanning yakuniy qismida institut rektori D.A.Rustamov so’z olib, ushbu tadbir yangi va ulkan maqsadlar bilan boshlanganini, kelajakda bunday loyihalarni an’anaviy tarzda yanada keng va ommaviy tarzda tashkil qilish istiqbol rejasi tuzilganini ma’lum qilib, barcha qatnashchilarga ishtirok uchun tashakkur izhor qildi. Faol ishtirok etganlar esa sertifikat bilan taqdirlandilar.