Joriy yilning 15-may sanasidan boshlab axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar rahbarlari va mutaxassislari, olimlar, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, AKT mutaxassislari, jamoat arboblari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirokidagi “Central Asia–2024”:“Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasiga start berildi.
Jizzax shahrida o‘tkazilayotgan navbatdagi XYII – Xalqaro konferensiyasida Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan Axborot-resurs markazi bo‘limi mudiri Nargiza Rustamova ishtirok etmoqda.
Konferensiya davomida kutubxona axborot resurslarini targ‘ib etish, xorijiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanishning samarali usullari, kitobxon madaniyatini rivojlantirish, istiqbollari kabi masalalar yuzasidan xorijiy davlatdan kelgan ushbu soha vakillari bilan fikr almashiladi.