«EZGULIKKA BAXSHIDA UMR» MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI

 

Oila – jamiyatimizning boshlang’ich bo’g’ini, elimizning go’zal urf-odatlari va qadriyatlarini o’zida asrovchi muqaddas mo’jaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko’chadi, jamiyatga kirib boradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyun kunidagi “O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-3808-sonli qaroriga asosan 15-may – Xalqaro oila kuni yurtimizda ham keng nishonlanib kelinadi

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutorlari va talabalar ishtirokida «Xalqaro oila kuni» munosabati bilan marhum ustoz, fidoyi inson Umrzoqov Toxirjon Begaliyevichning porloq xotirasi va ularning oilasiga bag’ishlab «Ezgulikka baxshida umr» deb nomlangan tadbir tashkil etildi.

Umr… Barchamizga berilgan bebaho ne’mat. Muqaddas insonlarning xotiralarini yod etish, ularning ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurganlarning qadriga yetish odamiylikning eng oliy me’zonidir.

Leave a Reply

Skip to content