Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, bugun 13.05.2024-yil kuni Zoom dasturi orqali «Ma’rifiy targ’ibot» mavzusida Oliy taʼlim, akademik litsey va professional taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan maʼnaviyatga masʼul xodimlar ishtirokida o’quv kursi tashkil etildi.
Mazkur seminarda ma’ruzachilar A.Mamatqulov, Y.Jahongirov hamda D.Komilovlar tomonidan «Oliy taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish: muammo va yechimlar», «Bugungi dunyoning siyosiy mafkuraviy manzarasi va yoshlarda vatanparvarlik gʻoyalarini shakllantirish» mavzularida ma’ruzalar tinglandi va yakunda ishtirokchilar tomonidan muhokama qilindi.
Ushbu o’quv seminarida Andijon davlat chet tillari institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori B.R.Axmedov boshchiligida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi xodimlari, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari hamda tyutorlar ham ishtirok etdilar.