Ma’rifat – insonlar ongini, madaniyatini, bilimini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya. Bu tushuncha madaniyat va ma’rifat tushunchasi bilan ham chambarchas bog’liq.
Ma’naviyat va axloq – bu kundalik hayot bilan bevosita bog’liq tushunchalar. Jamiyatning axloqiy asoslari uning urf-odatlari va ideallarini aks ettiradi. Kichik avlodning ma’naviy darajasini saqlash uchun bir-biriga o’xshash narsalarni o’zgartirish mumkin emas, shuning uchun yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tariqati xalqning ma’naviy darajasini saqlash uchun ishlatiladi.
Darhaqiqat, tarbiya haqida gapirar ekanmiz, u inson ma’naviyatning ko‘zgusidir. Buyuk tarixga ega bo‘lgan xalqning ma’naviyati ham buyuk bo‘ladi. Chunki buyuk ma’naviyatga ega bo‘lmagan xalq buyuk kelajak yaratolmaydi. Demak, ma’naviyat insonning barcha qarashlarining mezonidir.
Kuni kecha Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida Andijon viloyati hokimi o’rinbosari R.B.Arziyev boshchiligida viloyatdagi Oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektorlari, fakultet dekanlarining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosarlari, tyutorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda Andijon davlat chet tillari institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori B.R.Axmedov boshchiligidagi mas’ullar ishtirok etdilar.
Uchrashuv yakunida tinchlikni qadriga yetish, uni asrab-avaylash, ozod va farovon yurtda yashayotgani uchun shukronalik hissini uyg’otishga qaratilgan videofilm namoyish etildi. Ushbu uchrashuv va namoyish etilgan videofilm barcha ishtirokchilarda o’zgacha taassurot qoldirdi.