Bugun – 11.05.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda bir qancha masalalar ko’rib chiqildi.
Jumladan, hukumat tomonidan chiqarilgan qaror va farmonlar, vazirlik va yuqori tashkilotlar tomonidan qayd etilgan buyruqlar yuzasidan institut rektori D.A.Rustamov ma’lumotlar berib o’tib, ular ijrosini ta’ minlash, institut manfaatlari uchun xizmat qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Shundan so’ng keyingi masalalar yuzasidan mas’ullar ma’ruza qilib, o’z yo’nalishlarida olib borilayotgan ishlar va yangi rejalar haqida aytib o’tdilar.