
Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan taniqli shoira, Andijon farzandi Tursunoy Sodiqova ijodiga bag’ishlangan «Xotira kechasi» bo’lib o’tdi.
Kechani institut matbuot xizmati rahbari A.Yunusov ochib berdi va tashkil etilgan ushbu kecha haqida fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.
Shundan so’ng fakultet tyutorlari O.Azimova, G.Muhitdinova, N.Mo’minova hamda Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi o’qituvchisi M.Xomidovalar ham T.Sodiqova hayoti va ijodi haqida gapirib o’tdilar.
Talaba-yoshlar esa shoira ijod mahsullaridan namunalar o’qib eshittirdilar.