“MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

 

Andijon davlat chet tillari institutida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida O’zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, shoir va adabiyotshunos Humoyun Akbarov hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo’limi rahbari Xurshidabonu Vahobjon qizilar ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori B.R.Axmedov ochib berdi hamda loyiha yuzasidan o’zining fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.

Shundan so’ng ijodkorlar birin-ketin so’z olib, o’zlarining hayot yo’llari, erishgan muvaffaqiyatlari, ularga sarf qilingan mehnatlar haqida gapirib o’tdilar.

Ijodkor talaba-yoshlar esa Ustozlarning fikrlarini diqqat bilan tinglab, ularga o’z ijod mahsullaridan namunalar o’qib berdilar.

Leave a Reply

Skip to content