“MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

Andijon davlat chet tillari instituti Talabalar turar joyida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida O’zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, shoir va adabiyotshunos Humoyun Akbarov hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo’limi rahbari Xurshidabonu Vahobjon qizilar ishtirokida gulxan atrofida she’riy kecha bo’lib o’tdi.

Ushbu she’riy kechada ustozlar bilan bir qatorda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat chet tillari instituti talaba-qizlar koordinatori Gʻofforova Namunaxon boshchiligidagi «Oltin qalam» ijodkor talabalar klubi a’zolari hamda boshqa she’riyatga, adabiyotga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdilar.

Kecha davomida bo’lib o’tgan badiiy o’qish san’ati, she’riy aytishuvlar barchaga birdek manzur bo’ldi..

Leave a Reply

Skip to content