
Andijon davlat chet tillari institutida 8 ta chet tili oʻrgatilib, ushbu tillar boʻyicha doimiy ravishda xorijlik mutaxassislar ishtirokida professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar uchun davra suhbatlari, master-klass darslari oʻtkazib kelinmoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan biri bugun – 29.04.2024-yil kuni Roman-german va slavyan tillari fakulteti Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari uchun tashkil qilindi.
Ushbu davra suhbatida Paris-Est universiteti oʻqituvchisi Sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Evenjelin Masson xonim qatnashib, ishtirokchilar bilan oʻz tajribalarini almashdi.
Davra suhbati davomida institut Oʻquv-uslubiy bo’limi boshligʻi S.Toshtonov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi D.Ahmadaliyeva, fakultet dekani M.Pazilov hamda kafedra mudiri M.Ishanjanovalar ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdilar.