PROFESSOR-OʻQITUVCHILAR UCHUN “MA’RIFAT SOATI” TASHKIL QILINDI

 

 

Andijon davlat chet tillari institutida haftaning har shanba kuni rahbar-xodimlar va professor-o’qituvchilar uchun doimiy ravishda “Ma’rifat soati” tashkil etib kelinayotganidan xabaringiz bor.

Bugun – 27.04.2024-yil kuni ham ushbu an’anaga muvofiq oʻtkazilgan ushbu “Ma’rifat soati”da institut rektori D.A.Rustamov kirish soʻzi qilib, bugungi kunda ma’naviyatni yuksaltirish, odob-axloq tamoyillariga amal qilishga e’tiborni oshirish har bir professor-oʻqituvchining majburiyatiga aylanishi lozimligi xususida fikrlarini bildirib oʻtdi.

Shundan soʻng “Ma’naviyat – har bir qalbni ezgulikka chorlovchi mash’ala” mavzusi ostida ma’ruzachi – Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti N.Qosimova tomonidan nutq soʻzlandi.

Leave a Reply

Skip to content