OʻZBEKISTON, JONIM TOʻSHAY SOYANGGA…

 

 

Bugun – 26-aprel Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti hamda Roman-german va slavyan tillari fakulteti tyutorlari D.Xakimov, Sh.Ne’matjonov va S.Eshonqulovlar oʻzlariga biriktirilgan bir guruh faol talabalar bilan Marhamat tumaniga – shoir tugʻilib-oʻsgan Qovunchi qishlogʻiga sayohat qildilar.

U yerda shoir yashagan xonadonda boʻlib, uy muzeyi bilan tanishdilar. Shoirning oila a’zolari bilan uchrashib, ularning xotiralarini tingladilar.

Ushbu sayohat barcha talabalarda iliq taassurot qoldirib, shoir haqidagi bilimlarini, she’riyatga, umuman, adabiyotga muhabbatlarini oshirdi.

Leave a Reply

Skip to content