Andijon shahridagi Muhammad Yusuf maydonida Andijonning asil farzandi, oʻzbek xalqining sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun munosabati bilan viloyat tadbiri koʻtarinki ruhda tashkil qilindi.
Tadbirni Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonov ochib berdi va barcha ishtirokchilarni hassos va samimiy shoirning tavallud kuni bilan tabrikladi.
Shundan soʻng Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbarlari, respublika va viloyatda taniqli adabiyot vakillari, shoir va yozuvchilar nutq soʻzladilar. Tadbirda shoir ijodi mahsullari boʻlgan she’rlar aytilib, qoʻshiqlar ijro etildi.
Ushbu tadbirda Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligida institut jamoasi ham faol ishtirok etdilar.