Andijon shahrida joylashgan Muhammad Yusuf maydonida Andijonning asil farzandi, oʻzbek millatining erka shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun munosabati bilan ‘’Qalblardan joy olgan shoir’’ nomli she’riy kecha tashkil qilindi.
Ushbu kechani institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori B.R.Axmedov ochib berdi.
Shundan soʻng institut faol talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar: she’r, raqs hamda qoʻshiqlar yigʻilganlar e’tiboriga havola etildi.