
Andijon davlat chet tillari institutida O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Andijon shahar Kengashi raisi J.Raximova hamda institutning olima ayollari, xotin-qizlar qoʻmitasi faollari va talaba-qizlar ishtirokida partiyaning “Siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash – demokratik jamiyat poydevori!” loyihasi doirasida siyosiy oʻquv oʻtkazildi.
Siyosiy oʻqishda mamlakatimizda va xorijda hafta davomida boʻlib oʻtgan hodisalar, voqealar keng tahlil qilindi.
Mamlakatimizda qabul qilingan hujjatlarning mazmun-mohiyatini ayollar, xotin-qizlar orasida keng targʻib qilish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish boʻyicha ma’ruza qilindi.