Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti “Besh tashabbbus loyihalari” koordinatori Risolat Ochilovadan talabalar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan yangi loyiha tashkil etilganligi haqida e’lon berilgan edi.
Bugun – 20.04.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Axborot resurs markazida ushbu loyihaning ilk soni boʻlib oʻtdi. Loyihada barcha fakultetlardan talaba-yoshlar jamoa bo’lib ishtirok etdilar.
Loyihada ishtirokchilar 2 ta shart boʻyicha bellashib, quyidagi natijalarni qayd etdilar:
1-oʻrin: Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti;
2-oʻrin: Roman-german va slavyan tillari fakulteti;
3-oʻrin: Ingliz tili va adabiyoti fakulteti.
Siz aziz talaba-yoshlarni ham ushbu loyihada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.