REKTOR SOVRINI UCHUN INGLIZ TILI FAN OLIMPIADASINING ASAKA TUMANI BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

 

 

Bugun – 19.04.2024-yil kuni Andijon viloyati Asaka tumani 25-umumiy oʻrta ta’lim maktabida ham Andijon davlat chet tillari instituti rektori filologiya fanlari doktori (DSc), professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov sovrini uchun tumandagi 9 va 11-sinf oʻuvchilari oʻrtasida Ingliz tili fan olimpiadasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Institutning Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti rahbariyati hamda Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi kafedrasi mas’ulligida tashkil qilingan ushbu olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundan soʻng kafedra mudiri M.Abduvaliyev ochilish nutqini soʻzladi, soʻngra fakultet dekan oʻrinbosarlari X.Matqulov va B.Saidovlar ishtirokchilar va ularning ustozlariga olimpiadani oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad haqida fikrlar bildirdi.

Shundan soʻng barchaga omad tilab, ishtirokchilar guruhlar kesimida xonalarga taklif qilindi.

Olimpiadaning gʻolib va sovrindorlari aniqlanib, ularni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori M.A.Kurbanov tabrikladi va ilm olishdan toʻxtamaslikka targʻib qilib, mas’ullar hamrohligida maxsus diplom va esdalik sovgʻalarini tantanali ravishda topshirdi. Endi ular viloyat bosqichida asosiy sovrin uchun bellashadilar.

Leave a Reply

Skip to content