Bugun – 18.04.2024-yil kuni Andijon viloyati Marhamat tumani 43-umumiy oʻrta ta’lim maktabida ham Andijon davlat chet tillari instituti rektori filologiya fanlari doktori (DSc), professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov sovrini uchun tumandagi 9 va 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Ingliz tili fan olimpiadasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Institutning Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti rahbariyati hamda Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi kafedrasi mas’ulligida tashkil qilingan ushbu olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundan soʻng kafedra mudiri M.Abduvaliyev ochilish nutqini soʻzlab, ishtirokchilar va ularning ustozlariga olimpiadani oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad haqida fikrlar bildirdi.
Shundan soʻng barchaga omad tilab, ishtirokchilar guruhlar kesimida xonalarga taklif qilindi.
Olimpiadaning gʻolib va sovrindorlari aniqlanib, ularni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori B.R.Axmedov tabrikladi va ilm olishdan toʻxtamaslikka targ’ib qilib, mas’ullar hamrohligida maxsus diplom va esdalik sovgʻalarini tantanali ravishda topshirdi. Endi ular viloyat bosqichida asosiy sovrin uchun bellashadilar.