Bugun – 18.04.2024-yil kuni Andijon viloyati Jalaquduq tumani 4-umumiy oʻrta ta’lim maktabida ham Andijon davlat chet tillari instituti rektori filologiya fanlari doktori (DSc), professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov sovrini uchun tumandagi 9 va 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Ingliz tili fan olimpiadasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Institutning Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov hamda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mas’ulligida tashkil qilingan ushbu olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundan soʻng Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori E.E.Kurbanov ochilish nutqini soʻzlab, ishtirokchilar va ularning ustozlariga olimpiadani oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad haqida fikrlar bildirdi.
Keyin esa fakultet dekani K.Karimov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi boshligʻi G.Saidova, kafedra mudiri V.Vositovlar ham oʻz mulohazalarini aytib oʻtdilar.
Shundan soʻng barchaga omad tilab, ishtirokchilar guruhlar kesimida xonalarga taklif qilindi.
Olimpiadaning gʻolib va sovrindorlari aniqlanib, ular E.E.Kurbanov tomonidan maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Endi ular viloyat bosqichida asosiy sovrin uchun bellashadilar.