“OʻZBEGIM XON ATLASLARI” FESTIVALI BOʻLIB OʻTDI

Har bir millatning oʻziga xos, milliy qadriyat va an’analarini, tarixini aks ettiruvchi milliy liboslari boʻladi. Oʻzbek xalqining ham boy tarixga ega atlas va adras kiyimlari – milliy libos hisoblanadi.

Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi viloyat istirohat bogʻida “Oʻzbegim xon atlaslari’’ festivali boʻlib oʻtdi. Unda barcha oliygohlardagi talaba-qizlar ishtirok etdilar.

Jumladan, Andijon davlat chet tillari institutidan ham Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi N.Qodirova boshchiligida professor-oʻqituvchilar hamda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutori M.Baltabayevaning faol talaba-qizlari milliy liboslarda ishtirok etdilar.

Leave a Reply

Skip to content