
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o’rtasida o’tkaziladigan «Yosh kitobxon talabalar ligasi» tanlovining Nizomiga muvofiq,talaba-yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib etish, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida «Ingliz tili va adabiyoti» fakulteti talabalaridan tashkil topgan guruhlar oʻrtasida tanlovning fakultet bosqichi tashkil etildi.
Bunda, «Ma’rifat»,»Bir gap bo’lar», «Najot» va «Kitobxonlar» jamoalari bellashib, natijaga koʻra «Ma’rifat» jamoasi 23 ball toʻplab, mutloq gʻolib deb topildi va institut bosqichiga yoʻllanma oldi.
Bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi yoshlarda kitobga boʻlgan mehr tuygʻusini shakllantirish orqali, ularda nutq madaniyati va ijodkorlik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.