Bugun – 08.04.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga «Umumjahon pul haftaligi» doirasida Andijon davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi oʻqituvchisi B.Teshaboyev boshchiligidagi Volontyorlar jamoasi tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad, bugungi kundagi iqtisodiyotning qay darajada rivojlanayotganligi, Oʻzbekistonning dunyo iqtisodiy bozori reytingidagi oʻrni kabi masalalar toʻgʻrisida talabalarga bir qator ma’lumotlar berib oʻtdi. Suhbat soʻnggida esa talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan yetarlicha javob oldilar.