
Har lahzada tayyorsiz jangga,
Siz yoqqan choʻgʻolar alanga.
Asli dushman sizsiz vatanga,
Qodiriyni sotgan odamlar.
Bugun – 06.04.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti tyutorlari O.Azimova hamda N.Moʻminovalarga biriktirilgan talaba-yoshlar bilan “Qodiriyni sotib shoir boʻlganlar” nomli film tomosha qildilar.
Ushbu badiiy filmdan talaba-yoshlar Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ulugʻ tuygʻularni yanada shakllantirdilar.