Bugun – 05.04.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida «Buyuk zotdir, sarkarda-yu, Sohibqiron» shiori ostida buyuk sarkarda, adolatli davlat hukmdori Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bagʻishlangan fakulteti tyutorlari tashabbusi ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni fakultet dekani K.Karimov ochib berdi va yoshlar bilan tarbiyaviy mavzudagi tadbirlarni tashkil etish, ularda xalqimiz tarixi va ajdodlarga hurmat hissini oshirishga xizmat qilishi haqida fikr bildirdi.
Shundan soʻng tayyorlangan badiiy chiqishlar tomoshabinlar hukmiga havola etildi.