REKTOR SOVRINI UCHUN INGLIZ TILI FAN OLIMPIADALARI TARGʻIBOT ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi maktablarda joriy yilning aprel oyida Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamovning sovrini uchun oʻquvchilar oʻrtasida ingliz tili fan olimpiadasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi.

Shu munosabat bilan Ingliz tili va adabiyoti fakultetining Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri hamda professor-oʻqituvchilari ushbu olimpiadaning 1 va 2-bosqichlarini viloyatning tuman va shaharlaridagi maktablarda sifatli tashkil etish va oʻtkazish maqsadida Xo’jaobod tumaniga qarashli umumtaʼlim maktablariga tashrif buyurib, targʻibot ishlarini olib bormoqdalar.

Leave a Reply

Skip to content