Bugun – 03.04.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti amaliyotchi-psixologi M.Yusupova hamda institut Xotin-qizlar masalalari boʻyicha profilaktika katta inspektori M.Najmiddinova boshchiligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Seminar davomida amaliyotchi-psixolog talaba-yoshlarga vatanparvarlik ruhini oshirish uchun trening uyushtirdi. Institut profilaktika katta inspektori M.Najmiddinova talaba-yoshlarga vatanparvarlik ruhida yurtimizda olib borilayotgan bir qancha ishlar va vatanga boʻlgan munosabat haqida atroflicha maslahatlar berib oʻtdi.
Bunday treninglar har kuni turli guruhlarda tashkil qilinmoqda.