Andijon davlat chet tillari institutining joriy o’quv yili hisobidan 8-kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Dastlab, institut rektori D.A.Rustamov kun tartibidagi 1-masala yuzasidan so‘z yuritib, mart oyi davomida hukumat tomonidan chiqarilgan qaror va farmonlarga to‘xtalib o‘tdi. Institut tarkibidagi fakultet hamda kafedralarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari, hukumat qarorlari va vazirlik buyruqlarida belgilangan vazifalarni ijrosini o‘z vaqtida ta’minlab borish bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari tomonidan nazoratga olinishi haqida ma’sullarga ko‘rsatmalar berdi.
Institut reytingiga eng yuqori ko’rsatkichlar bilan ijobiy hissa qo‘shayotgan kafedralar: Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti hamda Ingliz tili amaliyoti kafedralar rektor tomonidan kompyuter jamlanmasi bilan taqdirlandilar.
Shundan so‘ng o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor E.Kurbanov so‘zga chiqib, institutda fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalarning tartibi, iqtidorli talabalar bilan ishlash holati to‘g‘risida so‘z olib bordi.
Keyingi masala yuzasidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Kurbanov so‘zga chiqib, institutda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat bo‘yicha kefedralar tomonidan 2024-yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot, monografiyalarni nashrga tavsiya etish borasida so‘z yuritdi.
Kengashda bundan tashqari ham bir qator institut faoliyati, professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarini sifatli olib borishi, talaba-yoshlarning yaxshi ta’lim olishi yuzasidan masalalar ko‘tarilib, mas’ullar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.