TA’LIMDA HAMKORLIK – RIVOJLANISH KOʻPRIGI

Andijon davlat chet tillari instituti respublikamizda turizm sohasiga ixtisoslashgan Oliy ta’lim muassasalari qatorida sanaladi va bu yoʻnalishda ham bir qator ishlar samarali tashkil qilinmoqda.

Jumladan, bugun – 02.04.2024-yil kuni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor M.A.Kurbanov Xonobod shahriga tashrif amalga oshirdi.

Ushbu tashrif davomida prorektor M.Kurbanov Xonobod shahar hokimi M.Tojiboyev hamda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudiri bilan uchrashuvda ishtirok etib, tomonlar manfaatini birlashtiruvchi memorandum imzoladi.

Shundan soʻng hokimlik majlislar zalida soha vakillari bilan yigʻish tashkil qilinib, unda memorandum bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida olib boriladigan ishlar boʻyicha fikr almashildi.

Leave a Reply

Skip to content