Andijon davlat chet tillari institutining oʻz oldiga qoʻygan eng asosiy vazifasi – ta’lim sifatini oshirish, talabalarni kelajakda yetuk kadr bo’lib yetishishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratishdan iborat.
Bugun – 01.04.2024-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov huzurida ayni shu masalalarga bagʻishlangan tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Ushbu yig’ilishda barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi J.Egamberdev, Axborot xizmati rahbari A.Yunusovlar ishtirok etdilar.
Yigʻilishda institutda ta’lim sifatini oshirish yoʻlida olib borilayotgan ishlar, kafedralarda ishlayotgan professor-oʻqituvchilarning faoliyati keng muhokama qilinib, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikrlar bildirildi.