Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida rus adabiyotida tanqidiy realizmga asos solgan yozuvchi N.V.Gogol hayoti va ijodiga bag’ishlangan intellektual oʻyin tashkil qilindi.
Quiz formatida oʻtkazilgan ushbu oʻyin fakultet koordinatori D.Dadaxodjayeva tomonidan tashkil qilinib, unda 4 ta jamoa gʻoliblik uchun bahs olib bordilar.
Professor-oʻqituvchilar hakamlik qilib borgan bellashuv yakuniga koʻra «Feniks» jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.