Har bir davlatning, millatning oʻziga xos, urf-odatlari va qadriyatlariga mos kiyinish odobi bor. Shuningdek institutning ham oʻziga xos kiyinish odobi, normalari mavjud. Albatta bunga har bir inson qat’iy rioya qilishi kerak.
Bugun – 30.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti kichik majlislar zalida institut “Ma’rifat soati’’ doirasida ‘’Kiyinish odobi, ‘’Ommaviy madaniyat’’ning salbiy oqibatlari’’mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Ushbu davra suhbatida ZOOM platformasi orqali barcha boʻlim, dekanat va kafedra a’zolari ham ishtirok etdilar.