
Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili yoʻnalishi 2-bosqich talabalari bilan institut amaliyotchi-psixologi M.Yusupova “Matonatli ayol” nomli psixologik trening oʻtkazdi.
Ushbu trening turli qiziqarli oʻyinlar, savol-javoblar asosida tashkil qilinib, unda fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.