
Foydali kitobxonlik (yaxshi kitob o‘qish) insonning dunyoqarashini kengaytiradi, uning ichki dunyosini boyitadi, uni aqlli qiladi va xotiraga ijobiy ta’sir qiladi. U yoki bu mumtoz asarni o‘qib bo‘lgach, ba’zida odamlar yaxshi tomonga o‘zgara boshlaydi.
Bugun – 26.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida “Men yoqtirgan kitobimni doʻstimga tavsiya qilaman” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda fakultet dekan oʻrinbosari B.Botirov va tyutorlar: O.Azimova, S.Eshonqulov, A.Ashuraliyevlar boshchiligidagi iqtidorli talaba-yoshlar ham faol ishtirok etdilar. Ular oʻzlari sevib oʻqigan badiiy asarlari haqida gapirib berdilar va tengdoshlariga oʻqishni tavsiya qildilar.