MAQOLA YOZISH BOʻYICHA SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI

Andijon davlat chet tillari institutida tajribali mutaxassis, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori Mirzakarimova Maxliyoxon Madaminjonovna tomonidan maqola yozishga bagʻishlangan “English for science” seminar-treningi boʻlib oʻtdi.

Maqola yozish koʻnikmalari va ularni xorijiy jurnallarda qanday chop etish boʻyicha tashkil qilingan ushbu seminarda M.Mirzakarimova oʻzining tajriba va metodlarini talabalar bilan boʻlishdi. Seminarda koʻplab iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdilar va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Leave a Reply

Skip to content