
Andijon davlat chet tillari institutiga Shvetsariya elchixonasi vakillari A.Scharer, A.Waser hamda I.Sadikovalar tashrif buyurdilar.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad Andijon davlat chet tillari instituti bilan hamkorlikda seminar tashkil qilish edi Ushbu seminar Roman-german va slavyan tillari fakulteti Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda kafedra professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlar qatnashdilar.
Seminar davomida Shvetsariya haqida, xususan, uning ta’lim tizimi toʻgʻrisida koʻplab ma’lumotlar berib oʻtildi hamda Kahut dasturi asosida oʻquv mashg‘ulotlari olib borildi.
Seminardan soʻng rahbariyat bilan tor doirada uchrashuv tashkil etildi va kelgusi hamkorlik rejalari kelishib olindi.