Salom berishning o‘z odobi bor. So‘zlarni buzmasdan odob bilan salom beriladi. Salom berish orqali insonda mehr-muhabbat paydo bo‘ladi. Gina-kuduratli insonlar salom berish orqali bir-biri bilan oralari qayta mustahkamlanadi.
Bugun – 16.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti kichik majlislar zalida institut Ma’naviyat va ma’rifat kengashi qaroriga asosan tashkil qilingan “Ma’rifat soati” doirasida “Salom bering – salomat boʻlasiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Ushbu davra suhbatida ZOOM platformasi orqali kafedra professor-oʻqituvchilari ham ishtirok etdilar. Unda bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri boʻlgan “salom berish”ga asosiy e’tibor qaratilib, talabalarning odob-axloqi, salom berish odobi haqida soʻz bordi.