Bugun – 16.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida tajribali mutaxassis, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Kabilova Zebuniso Muratovna tomonidan maqola yozishga bagʻishlangan “English for science” seminar-treningi boʻlib oʻtdi.
Maqola yozish koʻnikmalari va ularni xorijiy jurnallarda qanday chop etish boʻyicha tashkil qilingan ushbu seminarda Z.Kabilova oʻzining tajriba va metodlarini talabalar bilan boʻlishdi. Seminarda koʻplab iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdilar va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.