OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA QOʻMITASI ANDIJON VILOYATI BOSHQARMASI XODIMLARI BILAN UCHRASHUV

     

Andijon davlat chet tillari institutida Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari hamda talaba-yoshlar oʻrtasida uchrashuv tashkil qilindi.

Ushbu uchrashuvni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori B.R.Axmedov ochib berdi va kun tartibidagi masala yuzasidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Shundan soʻng taklif qilingan mehmonlar – Bojxona qoʻmitasi Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boʻlim boshligʻi Aliyev Odiljon hamda boʻlim katta inspektori Abdurashid Abdurahmonovlar soʻz olishib, bugungi kunda ushbu tizimda yurtimizda olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berdilar.

Ushbu uchrashuv talaba-yoshlarning siyosiy savodxonligi oshishiga xizmat qildi. Barcha ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Leave a Reply

Skip to content