Bugungi globallashuv jarayonida talaba-yoshlardagi vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga muhabbat hislarini – umuman olganda ularning ma’naviy qiyofasini shakllantirishda professor-oʻqituvchilarning roli beqiyos.
Ayni shu maqsadda Andijon davlat chet tillari institutida mas’ullar hamda professor-oʻqituvchilar oʻrtasida institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori B.R.Axmedov ochib berdi va kun tartibidagi masala yuzasidan oʻz fikrlari, takliflarini bildirib oʻtdi.
Shundan soʻng yigʻilishda ishtirok etayotgan fakultet dekanlari, professor-oʻqituvchilar ham oʻz mulohazalarini oʻrtaga tashladilar.