Andijon davlat chet tillari instituti “Besh muhim tashabbus markazi” tomonidan “BookQuiz” loyihasiga asos solinib, shu kunga qadar 3 ta tur oʻyinlari tashkil qilingan edi.
Bugun – 13.03.2024-yil kuni ushbu intellektual oʻyinlarning 4-turi ham boʻlib oʻtdi.
Yozuvchi va shoirlar hayoti va ijodi, dunyoga mashhur asarlardan tuzilgan savollar har bir ishtirokchi jamoa a’zolariga birdek manzur keldi. Oʻyin juda shiddatli va qiziqarli tus oldi.
Umumiy natijalar haqida kelgusi xabarlarimizda toʻliqroq ma’lumot beramiz.