
Andijon davlat chet tillari instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi institut Axborot resurs markazi bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan talabalar bilan “Kitob – bilim bulog‘i” mavzusida ko’p va tez o’qishga asoslangan ko’rik-tanlov o’tkazildi.
Tanlovda kafedra mudiri A.Teshaboyev hamda professor-o’qituvchilardan Q.Nasritdinov, M.Mirzakarimova, S.Sirojiddinova, R.Aliyeva, M.Ishanova, Z.Madaminov, M.Mamadaliev va G.Dumarovalarga biriktirilgan talabalar qatnashdilar.
Tanlovda Roman-german va slavyan tillari fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: rus tili yo’nalishi 1-bosqich talabalaridan 50 nafari ishtirok etdi.
Tanlov yakuni bo‘yicha 1-oʻrinni 101-guruh talabasi Toirova Ruxshona, 2-o‘rinni 101-guruh talabasi Qazaqova Nodirabegim, 3-o‘rinni esa 101-guruh talabasi Abdumannopova Oʻgʻiloylar egalladilar.