Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan Andijon viloyatidagi davlat oliy ta’lim muassasalarining 60 nafarga yaqin talaba-yoshlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga sayohati tashkil qilindi.
Qoraqalpog‘istonga yo‘nalgan sayohatning dastlabki kunida talabalar Mo‘ynoq tumanida joylashgan Orol dengizi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi.
U yerda muzey xodimalari turli eksponatlar, dengiz mavjudotlarining mumiyolangan haykallari, shuningdek, qoraqalpoq xalqi madaniyatini va an’analarini aks ettiruvchi suvinerlar, milliy kiyimlar bilan tanishtirib chiqdi. Shundan so‘ng, yoshlar Orol kemalari qabristoni madaniy obyektida bo‘ldi.
Ushbu sayohatda Andijon davlat chet tillari instituti dekan o’rinbosari B.Botirov hamrohligida 5 nafar faol talabalari ham boʻlib turibdilar.